Oqmachit mahallasi fuqarolarining muammolari tinglandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri M.Turdiyev Samarqand tumani Oqmachit mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri I.Murodov, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari F.Gʻaniyev, sektor rahbarlari, tumandagi barcha tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

O‘tkazilgan qabul davomida 9 nafar jismoniy va yuridik shaxslardan 13 ta masala yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarning 2 tasi joyida ijobiy hal etildi. 4 ta murojaat egalariga huquqiy ma’lumot berildi va qolgan murojaatlar ijro uchun tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi.

Qabulda asosan suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlash, ichki yo‘llarni ta’minlash, elektr energiyasi ta’minoti va boshqa ijtimoiy masalalar ko‘tarildi. Fuqarolar tomonidan suyultirilgan gaz ta’minoti masalasida kelib tushgan murojaat viloyat gaz ta’minoti mas’ullarini jalb qilgan holda qanoatlantirildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM