Samrqandlik murabbiylar Hindistonga bordi

Joriy yilning boshida Hindiston davlatining Panjob shtatida Hindiston Qo‘l jangi federatsiyasi tashabbusi bilan sportning Qo‘l jangi turi bo‘yicha Xalqaro mahorat darsi tashkil qilindi. Unda yurtimizdan ham 4 nafar murabbiy va 2 nafar sportchi ishtirok etdi.

Yuqori darajada tashkil etilgan seminarda o‘zbekistonlik mutaxassislar chiqish qilib, qo‘l jangi sir-asrorlari hamda qonun-qoidalarini hindistonlik sportchilarga o‘rgatishdi.

Quvonarlisi, Hindistonning 28 shtatidan 200 ga yaqin murabbiylar va sportchilar qatnashgan mazkur nufuzli tadbirda o‘zbekistonlik qo‘l jangi mutaxassislari jamoasi tarkibida  tumandagi 1-son bolalar va o‘smirlar sport maktabining tajribali murabbiyi Nazirjon Muyinov muvaffaqiyatli qatnashib, tashkilotchilar va ishtirokchilarda yaxshi taassurot qoldirdi.

Seminar yakunida ishtirokchilar sertifikat, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Javhar JABBOROV, 
Sport va mehnat faxriysi.
Toshpo‘lod YUSUPOV, jurnalist.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM