22-umumta’lim maktabida uchrasuv bo‘lib o‘tdi

Davlatimiz rahbari boshchiligida maktablarda xorijiy tillar va kasb o‘rgatish tizimini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda har bir  tumandan xorijiy til va kasb o‘rganishga qiziqishi bo‘lgan, ammo imkoniyati bo‘lmagan o‘quvchilarni tanlab olib, ularga kamida ikkita xorijiy til va kasb-hunar o‘rgatish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatilgan edi.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash va loyihani amalga oshirish maqsadida “Nuroniy” jamg‘armasi Respublika boshqaruvi bo‘lim boshlig‘i N.Musayeva, viloyat "Buvijonlar maktabi" rahbari G.Xusainovalar tumandagi 22-umumta’lim maktabida  bo‘lib, tumandagi o‘qish istagi bo‘lgan 20 nafar o‘quvchilar va ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘quvchilarga biriktirilgan o‘qituvchilar va keng jamoatchilik vakillari bilan maktab faollar zalida uchrasuv ham bo‘lib o‘tdi. Unda ushbu loyihadan maqsad, yosh avlodga kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘rgatib, har tomonlama bilimli hamda barkamol qilib tarbiyalash ekanligi ta’kidlandi. Shuning uchun ham mazkur loyihani amalga oshirishda malakali o‘qituvchilar jalb etilganligi, ularga aniq vazifalar yuklatilganligi qayd etildi.

Ushrashuv yakunida o‘quvchilar ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Shundan so‘ng ishchi guruh a’zolari "Qumzor" mahallasiga ham tashrif buyurishib, u erda "Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM