Mahallaning ichki yo‘llari joriy yilning ikkinchi yarim yilligida ta’mirlanadi

Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Samarqand tumani "Qo‘shkuprik" mahallasidagi yo‘llarning ta’mirtalabligi va beton ustunlaridagi yoritish lampalarining uzluksiz yonib turishi haqida tanqidiy material e’lon qilindi.
Tuman hokimligi mutasaddi xodimlari tomonidan holat o‘rganilganda haqiqatda beton ustunlardagi yoritish lampalarining uzluksiz yonib turishi hamda yo‘lning ta’mirtalabligi aniqlangan. 
Mazkur holatni joyida bartaraf etish maqsadida tuman elektr ta’minoti korxonasi mutaxxassislari tomonidan yoritish lampalari o‘chirildi. Shuningdek, tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O.Abdullayev tomonidan ushbu mahallaning ichki yo‘llari joriy yilning ikkinchi yarim yilligida ta’mirlanishi borasida aholiga tushunchalar berildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM