Tuman hokimi 26-umumta’lim maktabi yonidagi futbol maydonchasini ta’mirlash, yoshlar uchun qulay sharoit yaratish masalasini joyida o‘rgandi
08.06.2023 - 21:08Parrandachilik mahallasida 26 ta ko‘pqavatli uy-joylar mavjud bo‘lib, 488 ta xonadonda 2000 ga yaqin fuqaro istiqomat qiladi. Xonadonlarning umumiy maydoni 17507 kv.m ni tashkil qiladi. Shundan 16 tasi (252 xonadon) Boshqaruv kompaniyasiga a’zo bo‘lgan.
Mazkur mahallada tashkil etilgan navbatdagi sayyor qabul hamda yoshlar uchrashuvida ashbu masala to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berildi. Shirkatlar o‘rniga tashkil etilgan yangi Boshqaruv kompaniyasi tomonidan taklif etilayotgan xizmatlar aholida uchrayotgan muammolarning samarali yechimi ekanligi ta’kidlandi.