Янгиликлар

Samarqand tuman hokimligida apparat xodimlari uchun “Davlat fuqarolik xizmatini samarali tashkil etish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Ayni vaqtda Samarqand davlat universiteti professori Farxod Nabiyevning davlat fuqarolik xizmatini samarali tashkil etishda jamoatchilik nazoratining ahamiyati to‘g‘risidagi ma’ruzasi tinglanmoqda.

Shuningdek, kun davomida “Aholi muammolarini o‘rganish va oldini olishda samarali muloqot madaniyati”, “Davlat xizmatchilarini psixologik barqarorligini oshirish. Shaxslararo munosabatlar, ziddiyatli vaziyatlar va ularni oldini olish” hamda “Hokimlik xodimlarining jamoatchilik va OAV bilan samarali aloqalarini tashkil etish. PR menejment” mavzularida maruzalar tinglanishi kutilmoqda.

Navbatdagi o‘quv soati o‘tkazildi  

Tuman hokimligining majlislar zalida apparat xodimlari uchun navbatdagi siyosiy-ma’rifiy o‘quv soati o‘tkazildi.
Unda tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Nodir Mo‘minov davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari  ma’lumot berdi.
Ta’kidlanganidek, Qoidaning 2-bandiga Davlat xizmatchilari o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi shart.

Kuchli jamoalar e’tirof etildi

Bugun Samarqand tumanidagi 29-mumumta’lim maktabida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumi doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha tuman bosqichi o‘tkazildi. Unda 16-21, 22-26 yosh toifasida o‘g‘il va qizlar bahslashdi.

O‘zining iqtidori va tirishqoqligi, jamoaning ahilligi evaziga Jo‘yi Abbos mahallasining 16-21 yosh toifasidagi o‘g‘il bolalar va qizlar jamoalari birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 22-26 yosh toifasidagi o‘g‘il bolalar kurashida Yangiobod mahallasi jamoasi g‘olib bo‘ldi.

Xo‘ja Ahrori Vali mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi

Unda tuman hokimi, sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Qabulda 20 ga yaqin fuqaro mahallaning ichki ko‘chalarini asfalt qilish, kadastr masalasidagi muammolarni bartaraf etish, qo‘shnilar o‘rtasidagi nizolarni hal etishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilishdi. Bu borada tegishli tashkilot vakillariga topshiriqlar berildi.

Ta’lim sifatini oshirish uchun nimaga e’tibor qaratish kerak?

Samarqand tumanida milliy reyting natijalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda mazkur savolga javob izlandi. 

Unda viloyat hokimining ta’lim bo‘yicha maslahatchisi S.Usmonov, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Sultonov, viloyat ta’lim inspeksiyasi boshlig‘i G‘.Boboxolov, tuman hokimi S.Usmanov, sektor rahbarlari hamda tumandagi 
maktab direktorlari ishtirok etdi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM