Tuman hokimi va bir guruh faxriylar xodimlar “O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi 25 yilligi” medali bilan taqdirlandi

Afg‘on urushi Ikkinchi jaxon urushidan so‘ng tarixda eng ko‘p yo‘qotishlar bilan iz qoldirgan yirik fojia bo‘lib qoldi. Aynan shu urush ko‘plab o‘zbek farzandini oramizdan olib ketgan deyishimiz mumkin. Afg‘on urushi 1979 yilning dekabridan 1989 yilning fevraligacha davom etdi.


Samarqand tumani Gulobod qo‘rg‘onida Vatan ozodligi uchun shahid ketgan ana shunday o‘zbek farzandlari uchun “Xotira maydoni” tashkil etilgan. Bugun bu maydonni saqlash, ularni hozirgi holatda kelajak avlodga yetkazish va O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi viloyat bo‘limi bilan keng hamkorlik qilishda tashabbus ko‘rsatganligi uchun tuman hokimi va bir guruh faxriylar “O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi 25 yilligi” medali bilan taqdirlandi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi viloyat bo‘limi raisi Erkin Mavlonov hamda tuman hokimi Nosir Mavlonov so‘zga chiqib, olib borilayotgan islohotlarda yo‘lga qo‘yilgan mustahkam hamkorlik uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdilar.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM