“Spark” avtomobili toʻxtatilib tekshirilganda...

Joriy yil 18-avgust kuni soat 04:25 larda, Samarqand viloyati, Samarqand tumani, “Oʻrtashik” mahallasi hududida YPX xodimlari tomonidan “Spark” rusumli avtomobil toʻxtatilib tekshirilganda, avtomobilning old oʻrindigʻi gʻilofining orqa tomondagi choʻntagida plastik idishning qopqogʻiga solingan, qogʻozga oʻralgan yashil rangli, oʻtkir hidli giyohvandlik vositasiga oʻxshash modda aniqlanib, hujjatlashtirilgan.

Holat yuzasidan dastlabki tergov (https://t.me/samiibuz/12100) harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB YHXB

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM