39-umumta’lim maktabi direktori lavozimi vakant qoldi

Xabar berganimizdek bugun Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashining o‘ttiz yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyani Kengash raisi, tuman hokimi Nosir Mavlonov olib bordi.
Unda Samarqand tumani sektor rahbarlari, tuman istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi, sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i, maktabgacha ta’lim bo‘limi rahbarlarining hisobotlari tinglandi. Bu boradagi ishlar deputatlar tomonidan tahlil qilindi. Ayrim kamchiliklar tanqid ostiga olindi.
Shundan so‘ng tumandagi 22, 39-umumta’lim maktablarining direktori lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlar ichidan munosibini tanlab olish va tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. 22-umumta’lim maktabi direktori lavozimiga Kichikboyev Mirhasan Norqobilovich 12 ta ovoz olib tasdiqladi. Deputatlar 39-umumta’lim maktabi direktori lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlar faoliyati tegishli mas’ullar tomonidan qayta o‘rganib chiqib, keyingi sessiyaga kiritish yuzasidan qaror qabul qilishdi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM