Ochiq byudjet portalida ovoz berish jarayoni yakunlandi. Bunda Samarqand tumani aholisini nima qiziqtirishi ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi "Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga asosan joriy joriy yil 13 avgustdan 2 sentyabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining openbudget.uz rasmiy web-sayt orqali mavjud mahalliy muammolarni bartaraf etish maqsadida Samarqand tumanida istiqomat qiluvchilar uchun ahamiyatga ega bo‘lgan jami 60 ta takliflarga ovoz berildi.
Ushbu takliflarni moliyalashtirish uchun yaratilgan tashabbusi byudjet jamg‘armasiga mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan 1863.0 mln so‘m ajratildi.
Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, eng ko‘p ovoz to‘plagan 15 ta taklif tashabbuskorlari g‘olib deb topildi:
1-o‘rin: Samarqand tumanidagi Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 47-umumiy o‘rta ta’lim maktab binosini zamon talabiga moslab qayta qurish taklifi (10 mln so‘m)-196 ta ovoz;
2-o‘rin: Samarqand tumani Yangi Obod MFY ichki ko‘chalarini asfalt qilish taklifi (396 mln so‘m)-133 ta ovoz;
3-o‘rin: Samarqand tumani Maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 21-DMTTni kapital ta’mirlash taklifi (100 mln so‘m)-117 ta ovoz;
4-o‘rin: Samarqand tumani Yangijoy MFYning (Gazchilar qo‘rg‘oni) eskirgan suv tarmog‘ini yangisiga almashtirish taklifi (15 mln so‘m)-110 ta ovoz;
5-o‘rin: Samarqand tumani Chaman MFYning eskirgan suv quvurlarini yangisiga almashtirish taklifi (4,5 mln so‘m)-107 ta ovoz;
6-o‘rin: Samarqand tumani Quyi Qaynama MFYning ichki yo‘lini asfalt qilish taklifi (700 mln so‘m)-102 ta ovoz;
7-o‘rin: Samarqand tumani Quyi Chordara MFYning ichki yo‘lini asfalt qilish taklifi (200 mln so‘m)-69 ta ovoz;
8-o‘rin: Samarqand tumanidagi Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga kichik stadion qurish taklifi (70 mln so‘m)-65 ta ovoz;
9-o‘rin: Samarqand tumani Gulobod MFYdagi Xotira maydonchasini asfalt qilish taklifi (30 mln so‘m)-63 ta ovoz;
10-o‘rin: Samarqand tumani Sho‘rboi MFYning eskirgan suv tarmog‘ini yangisiga almashtirish taklifi (18 mln so‘m)-60 ta ovoz;
11-o‘rin: Samarqand tumani Parrandachilik MFYning Mehrobod ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli binoda oqova suv tarmog‘ini ulash taklifi (25 mln so‘m)-51 ta ovoz;
12-o‘rin: Samarqand tumani Talibarzu Bolo MFYning eskirgan suv quvurlarini hamda suv nasosini yangisiga almashtirish taklifi (20 mln so‘m)-44 ta ovoz;
13-o‘rin: Samarqand tumanidagi Navobod MFYning eskirib qolgan suv quvurlarini yangisiga almashtirish taklifi (11 mln so‘m)-43 ta ovoz;
14-o‘rin: Samarqand tumanidagi Zaxlik MFYga suv tanqisligini inobatga olib, suv inshooti nasosini almashtirish taklifi (10,5 mln so‘m)-37 ta ovoz;
15-o‘rin: Samarqand tumani Navobod MFYning ichki ko‘chalariga tungi yoritkichlar 26 dona o‘rnatish taklifi (30 mln so‘m)-7 ta ovoz to‘pladi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM