Fermerlar hashar uyushtiradi

Bushgun tuman hokimi Nosir Mavlonov M-39 xalqaro magistral yo‘li yoqasida joylashgan fermer xo‘jaliklari faoliyatini o‘rgandi.
Xususan, “Konigil”, “Navro‘z”, “Gulobod”, “Yangiariq”, “Maroqand”, “Guliston” va “Chordara agrotexservis” agrofirmalari hududidagi fermer xo‘jaliklari raislari bilan uchrashib, katta yo‘l atrofida obodonlashtirish ishlarini tashkil etish masalalarini muhokama qildi.
Unda yo‘l yoqasidagi turli chiqindilar va yantoqlarni olib tashlash, daraxtlarga shakl berish va oqlash ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish, hudud obodligiga mas’uliyat bilan yondashish zarurligi ta’kidlandi. Uchrashuv davomida fermer xo‘jaliklari hamda mahalla raislari tashabbus ko‘rsatib, hashar tashkil etish taklifini bildirishdi. Bunga ko‘ngilli fuqarolarni jalb etgan holda 3 kunlik hashar uyushtiriladigan bo‘ldi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM