Ertaga (22 sentyabr) tumanimizda "Avtomobilsiz kun" aksiyasi o‘tkaziladi.

Kun davomida avtotransport egalariga yoqilg‘i sarflaydigan transport vositalaridan foydalanishni to‘xtatish tavsiya etilmoqda. Qayd etish joizki, bu xalqaro darajadagi ramziy aksiya bo‘lib, jamiyatga tabiat va insoniyat uchun avtotransport vositalarining xavfliligini eslatish, shuningdek, muqobil transport vositalarini ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan.
 
Tuman hokimligi barcha aholini aksiyada faol ishtirok etishga va 22-sentyabrda piyoda yoki velosipedda yurishga chaqiradi.
 

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM