“Asrlar sadosi” ko‘chasi 2022 yilda asfalt bo‘ladi

Samarkand & Samarkandsы telegram kanali orqali Samarqand tumani “Asrlar sadosi” nomli ko‘cha haqida 3 daqiqadan ziyodroq videolavha e’lon qilindi. Mazkur videolavhada keltirilgan holatni mutasaddi xodimlar joyiga borib o‘rgandi.
Xususan, Samarqand tuman obodonlashtirish boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, tumandagi ichki yo‘llarni har yili dekabr oyida boshqarma tomonidan kelgusi yil uchun dastur tuzilishi belgilangan. Bu boradagi ishlarni amalga oshirishda fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlar ham inobatga olinadi. Shundan ma’lum bo‘ladiki, ichki yo‘llar tuman obodonlashtirish boshqarmasi balansida turadi. Mazkur keltirilgan yo‘lning ta’mirlanishi joriy yilning dekabr oyida 2022 yil uchun tuziladigan dasturga kiritilishi belgilandi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM