Yagona portalda yangi xizmat yo‘lga qo‘yildi

Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlari tasdiqlandi.
Vazirlar Mahkamasining joriy yil 23 sentyabrdagi 597-sonli qaroriga asosan 2021 yil 1 noyabrdan boshlab: Yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish uchun ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki elektron shaklda foydalanish uchun YAIDXPdan ro‘yxatdan o‘tadi.
Ariza beruvchilar yaroqchiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi davlat arxivlarida saqlanayotgan tashkilotlar bo‘yicha yozuvlarni tasdiqlash yuzasidan so‘rovnoma to‘ldiradi;
So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilinayotgan bo‘lsa);
Ariza beruvchining mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Xizmat ko‘rsatish muddati – 20 ish kuni. To‘lov – BHMning 0,08 barobari miqdorida yig‘im undiriladi (yaroqchiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi 1 ta tashkilotdagi ishga kirgan va ishdan bo‘shaganligi bo‘yicha yozuvlarni tasdiqlash uchun).
Xizmatni ko‘rsatishda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan va birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga asoslovchi hujjatlar ilova qilingan taqdirda, davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP orqali davlat xizmatini ko‘rsatishda mazkur davlat xizmati uchun belgilangan yig‘imlar bo‘yicha  50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi.
Mavsuma QURBONOVA,
tuman davlat xizmatlari markazi xodimi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM