Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining qirq oltinchi sessiyasi boshlandi

Sessiyada xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashi deputatlari ham ishtirok etmoqda.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 oktyabrdagi “Davlat qarzi hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining natijadorligini ta’minlash to‘g‘risida”gi PQ-4883-sonli qarorida belgilangan vazifalarni Samarqand viloyatidagi ijrosi yuzasidan:

- viloyat hokimining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i O.Xodjayevning viloyatda xalqaro moliya tashkilotlari, jumladan, Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) ishtirokida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining bugungi kundagi holati to‘g‘risidagi hisoboti;

- “Maroqand Obod” DUK huzurida tashkil etilgan loyihani amalga oshirish guruhi rahbari N.Saidovning Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) ishtirokidagi “Samarqand shahrida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarishni modernizatsiyalash” loyihasi doirasida jalb qilingan mablag‘lardan samarali foydalanish holati to‘g‘risidagi hisoboti;

- “Maroqand Obod” va “Toza hudud” DUK rahbarlari Sh.Nasimov va Z.Yusupovning Samarqand shahar va Samarqand tumanlarida maishiy chiqindilarni yig‘ish bilan bog‘liq ishlarning holati to‘g‘risidagi hisoboti;

- Samarqand shahar va Samarqand tumani obodonlashtirish korxonalari rahbarlari O.Abdullayev hamda J.Saidovlarning hududlarda obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish bilan bog‘liq ishlarning bugungi kundagi holati to‘g‘risidagi hisoboti;

- Samarqand shahar va Samarqand tumani hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari A.Egamov hamda F.G‘aniyevlarning jismoniy va yuridik shaxslardan maishiy chiqindilarni yig‘ish bo‘yicha debitor qarzdorliklarni qisqartirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati to‘g‘risidagi hisoboti.

- boshqa masalalar.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM