“Vatan taraqqiyotiga mening hissam” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Yurtimizda ilm-fan, san’at, madaniyat, badiiy ijod, arxitektura va dizayn, hunarmandchilik kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan, tashabbuskor yoshlarni aniqlash va ularni munosib rag‘batlantirishga katta e’tibor qaratilgan. Shu maqsadda “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” Respublika tanlovi joriy etilib, hayotga tatbiq etilmoqda.


Samarqand tumanidagi 12-son bolalar musiqa va san’at maktabida ushbu tanlovning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Isrofil Abdulxayirov ochib bergan tadbirda 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yoshlar o‘zlarini “Tasviriy va amaliy san’at”, “Adabiyot va publisistika” hamda “Milliy maqom va milliy estrada” yo‘nalishlarida mahoratini sinovdan o‘tkazdi.
Tanlov ishtirokchilarining ijodi hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. Mazkur yo‘nalishlarda 51-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Nodirabegim Subxonqulova, 37-matab o‘quvchisi Pokiza Hamidova hamda 14-maktab o‘quvchisi Komiljon Raximovlar birinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM