Ayrim bog‘chalarning faoliyati qoniqarli emas

Ertangi kunimiz egalariga to‘g‘ri ta’lim va tarbiya berish mamlakatning kelajagini belgilab beradi, albatta. Ayniqsa bu vazifani maktabgacha ta’lim tizimidan boshlasak.
Ammo, har ishni beparvolik bilan ortga tortadiganlar ham topiladi. Tumandagi 5-con maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyat olib borayotganlarni shunday deyish mumkin. Negaki bog‘cha faoliyatini o‘rganganimizda shunga amin bo‘ldik.
Tashkilotda 180 nafar bolalar tarbiyalanadi. O‘rganish davomida tarbiyalanuvchilar uchun taomlarni belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq tayyorlash, ushbu jarayonda texnologiya va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish, taomnomaga muvofiq mahsulotlar to‘liq yetkazilishi va sarflanish holatlari ko‘zdan kechirildi. Aytganimizdek ishda talaygina kamchiliklar bor ekan. 
Taomnoma joriy kundagi tarbiyalanuvchilar sonidan kelib chiqib, keyingi ish kuni uchun soat 16:00 ga qadar hamshira tomonidan maktabgacha ta’lim tashkiloti oshpazi va xo‘jalik mudiri ishtirokida tuzilishi belgilangan bo‘lsa-da, oshxonada taomnoma yo‘qligi aniqlandi. Bog‘chalarda taomnomasiz qanday ovqat tayyorlashini ilk bor ko‘rdik. Bu boradagi hujjatlar ham tekshirib ko‘rildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi 391-sonli qarori bilan maktabgacha ta’lim muassasalari maktabgacha ta’lim tashkiloti, deb o‘zgartilgan bo‘lsa-da, negadir ish faoliyatiga oid hujjatlarning yuzi haligacha maktabgacha ta’lim muassasi, deb yuritilmoqda. Bunga kim mas’ul?
Achinarlisi, tashkilotning ombor daftari noto‘g‘ri yuritilayotgani aniqlandi. Masalan, choy, mosh, osh tuzi, tamat, droja, olma, kifer, kirim kilinganligi haqida hech kanday rakamlar yozilmagan. Boshqa mahsulotlarni kirim-chiqim qilish va qoldiklarini hisoblashda xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan.
Xullas, bu kabi kamchiliklar to‘g‘rilanmas ekan farzandlarimizning kelajagi va tarbiyasi, ta’limi haminqadar bo‘lishi tabiiy. Bunga mas’ullar nima deb javob berarkin?

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM