Korrupsiya - o‘ta moslashuvchan jinoyat

Insoniyat tarixida davlatlar shakllangandan buyon korrupsiya ularni ichdan yemiradigan ijtimoiy illat sifatida vujudga keldi. Hokimiyat va boylik uchun hirslar ta’sirida rivoj topdi. Hozir avj olib borayotgan globallashuv jarayonida bu dahshatli illat davlatning taraqqiyotiga tahdid solib bormoqda. U demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlarining qo‘pol ravishda buzilishiga olib keladi. Iqtisodiy rivojlanishni izdan chiqaradi. Jamiyat va davlat uchun o‘ta xavfli bo‘lgan uyushgan jinoyatchilik va terrorizmning keng yoyilishiga sharoit yaratib beradi.


Samarqand tumani chiki ishlar bo‘limida o‘tkazilgan tadbirda shu haqda so‘z bordi. Unda Samarqand viloyat ma’muriy sudi sudyasi Akmal Alimov, Samarqand tumanlararo ma’muriy sudi raisi Zafar Karimovlar yurtimizda korrupsiyaga rivojlanish va yangilanishning ildiziga bolta uruvchi xavfli illat sifati qaralib, bu borada tizimli ravishda ish olib borilayotganini ta’kidlashdi.
Korrupsiya - jamiyat taraqqiyoti uchun juda xavfli jinoyat bo‘lib, u nafaqat xufyona, balki korrupsiyaga doir munosabatlarga kirishgan tomonlarning o‘zaro kelishuviga binoan sodir etiladi. Aksariyat hollarda u tegishli hokimiyat organlariga shikoyat berilishiga sabab bo‘lmaydi, chunki g‘ayriqonuniy kelishuvdan ikkala tomon ham naf ko‘radi. Hatto pora so‘rash hollari ustidan ham kamdan-kam holda shikoyat qilinadi, Korrupsiya harakatlari odatda davlat faoliyatining mutaxassis bo‘lmagan kishilar tushunishi ancha qiyin bo‘lgan o‘ziga xos turlarida sodir etiladi va u o‘ta moslashuvchan jinoyatdir.
Uchrashuvda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob olishdi

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM