Soliq qonunchiligida qanday yangiliklar bor?

Tuman hokimligida o‘tkazilgan seminarda shular xususida so‘z yuritildi.
Tadbirda Samarqand tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Firdavs Nizomov so‘zga chiqib, ishtirokchilarga soliq tizimida olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.
Masalan, Soliq Kodeksiga tuzatishlar bilan QQS va foyda solig‘i to‘lashga o‘tish sanalari aniqlashtirildi. Jumladan, yuridik shaxslar, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarda 25 gektar va undan ortiq sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi ekin maydoni mavjud bo‘lsa, ko‘rsatilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquq yoki uning maydoni o‘zgarganligini tasdiqlovchi hujjatlar ro‘yxatga olingan sanadan boshlab, bozorlar va savdo komplekslari, notijorat tashkilotlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan byudjet tashkilotlari esa tashkil topgan sanadan boshlab QQS va foyda solig‘i to‘lashga o‘tadi.


Ishtirokchilar tomonidan berilgan mulk solig‘i juda yuqori ekanligi  to‘g‘risidagi savollariga ham tegishlicha javob berildi. Agarda tadbirkor mulkini qayta baholatganda narxi tushsa, qayta baholangan mulk qiymatidan soliq hisoblanishi bo‘yicha ma’lumot berildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM