Qorasuvda noqonuniy chiqindixona topildi

Samarqand tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish nazorat inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan noqonuniy chiqindixona anqlandi.
Tumanning Qorasuv mahallasi hududidagi yo‘l yoqasida mahalliy aholi tomonidan kundalik turmush jarayonida hosil bo‘lgan turli maishiy va qurilish chiqindilarni tashlab ketishi natijasida paydo bo‘lgan ushbu chiqindixona tozalandi.
Shuningdek, mahalla fuqarolari o‘rtasida ekologik qoidalarga amal qilish borasida tushuntirish ishlari olib borildi, ayrim fuqarolarga ogohlantirish berildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM