Samarqand tumanida investitsiya imkoniyatlari kengayadi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Investisiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umirzakovning tashabbusi bilan tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari hamda matassaddi tashkilot rahbarlaridan iborat “Loyiha guruhi” tashkil etilgan. 
Samarqand tumani hokimligida o‘tkazilgan seminarda mazkur “Loyiha guruhi” a’zolari ishtirok etdi.
Unda Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining mas’ul xodimlari tomonidan Samarqand tumani  “Loyiha guruhi” a’zolariga kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar xususida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, kelgusida mavjud loyihalarni amalga oshirilishida yuzaga kelayotgan muammolar nimalardan iborat ekanligi va bu holatlarni bartaraf etish masalalari ham muhokama qilindi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM