Yangijoyda tadbirkor bo‘lish istagida yurgan yoshlar ko‘p

Samarqand tumani hokimi Nosir Mavlonov Yangijoy mahallasidagi 19 umumta’lim maktabida tuman yoshlari bilan uchrashdi.
Uchrashuv avvalida tuman rahbari tumanning tadbirkor yoshlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida to‘xtaldi. Shundan so‘ng ochiq muloqot boshlandi. Unda tuman yoshlarining ishga joylashish, yer maydoni va bank krediti olish, mahalla hududida stadion barpo etish, issiqxona qurib tadbirkorlik faoliyatini boshlash, mahallada internet tarmog‘ini yaxshilash kabi mavzulardagi o‘nlab murojaat va takliflari tinglandi.
Qo‘yilgan masalalarning aksariyati joyida hal etildi. Kredit olish va ishga joylashish istagidagi yoshlar alohida ajratib olinib, ularning murojaatlari bilan bank va bandlik mutasaddilari maxsus shug‘ullanishi yuzasidan ko‘rsatma berildi. Bir necha murojaat esa tuman miqyosida ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM