“Kalonboy” fermer xo‘jaligiga subsidiya ajratiladi

Bundan 10 kun avval “Kalonboy” fermer xo‘jaligi rahbari Alisher Shaxriyev tuman hokimligiga murojaat qilib, fermer xo‘jaliga yaratilgan intensiv bog‘ hamda uzumzorlarni tomchilatib sug‘orish uchun burg‘ulab suv chiqarishda amaliy yordam so‘ragan edi.
Bugun tuman hokimi va sektor rahbarlari mazkur fermer xo‘jaligida bo‘lib, uning faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganish natijasida Samarkand tumani “Mehrobod  agrotexservis“ agrofirmasi hududida faoliyat yuritayotgan “Kalonboy” fermer xo‘jalida yaratilgan intensiv mevali bog‘ hamda uzumzorlarni tomchilatib sug‘orish uchun quduq burg‘ulash va suv chiqarish maqsadida subsidiya ajratilishga kelishib olindi. Shuningdek, kelgusida fermer xo‘jaliklari ichki yo‘llarini ta’mirlanish hamda irrigasiya tizimi tozalanib, 18 ta gidropostlar o‘rnatish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Bu ishlarni samarali tashkil etishda tuman hokimi doimiy nazorat olib borilishini ta’kidladi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM