Iqtisodiy o‘sish samarali mehnatga bogʻliq

Tuman mahalliy byudjetining 2021 yilgi parametrlarida, qabul qilingan davlat dasturlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatimizga qilgan tashriflari davomida bergan topshiriqlari, shuningdek, milliy valyuta siyosatini erkinlashtirish sharoitida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur mablag‘lar ko‘zda tutilgan.

2021 yil davomida tuman mahalliy byudjetini sifatli qilib ijrosini ta’minlash borasida muayyan ishlar olib borildi.

2021 yil tuman mahalliy byudjetining daromadlari yillik rejasi 63 mlrd 661 mln 954 ming so‘m miqdorida belgilangan bo‘lib, haqiqatda prognoz ko‘rsatkichi 78 mlrd 748 mln 826 ming so‘mga bajarildi, bu rejaga nisbatan 15 mlrd 086 mln 872 ming so‘mga qo‘shimcha yoki 123,7 foiz demakdir.

2021 yil 4-chorakda jami 19 mlrd 597 mln 192 ming so‘m daromad tushurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, haqiqatda  4-chorakda 23 mlrd 579 mln 398 ming so‘mga bajarildi, bu rejaga nisbatan 3 mlrd 982 mln 206 ming so‘mga ko‘p yoki 120,0 foizdir.

 Tuman hokimligi moliya bo‘limi hamda tuman Davlat soliq inspeksiya¬sining Davlat byudjetiga tushumlarni ko‘paytirishga va soliq solinadigan bazani kengaytirishga yo‘naltirilgan ishlarini tartibga solish va o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risida"gi qo‘shma buyrug‘ ijrosini ta’minlash maqsadida, 2021 yil davomida tuman moliya bo‘limi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilib, 2 032,5 mln. so‘mlik tuman mahalliy byudjetiga yil oxirigacha tushishi mumkin bo‘lgan ko‘shimcha rezevrlar aniklandi, aniqlangan holatlarni qonuniylashtirish natijasida tuman DSI xodimlari tomonidan 1903,7 mln so‘m tuman mahalliy byudjetiga qo‘shimcha tushumlar tushishiga erishildi.

Tuman mahalliy byudjetining xarajatlari Xalq deputatlari Samarqand tuman kengashi tomonidan qabul qilingan parametrlar doirasida ijro etilmoqda.

Jumladan, 2021 yil davomida tuman mahalliy byudjetining jami xarajatlari 179 mlrd 386 mln 748 ming so‘mni tashkil etib, ushbu mablag‘larning 63,9 foizi yoki 114 mlrd 593 mln 676 ming so‘mi ijtimoiy soha xarajatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Byudjet xarajatlarini tarmoqlar kesimida ko‘rib chiqqanda, alohida ta’kidlab o‘tish lozimki ta’lim sohasi xarajatlari uchun 11 mlrd 253 mln 105 ming so‘m, Maktabgacha ta’lim muassasalari saqlash xarajatlari uchun 21 mlrd 234 mln 656 ming so‘mlikni, Sog‘liqni saqlash muassasalari ehtiyoj uchun 75 mlrd 773 mln 028 ming so‘mlik mablag‘lar o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirildi.

Bundan tashqari ushbu davrda tuman hokimligining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tumanning kommunikasiya va obodonlashtirish ishlariga hamda kam ta’minlangan oilalarni moddiy qo‘llab -quvvatlash uchun 1 mlrd 132 mln 604 ming so‘m sarf¬landi.

Shuningdek, "Ochiq byudjet axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror asosida  fuqarolar tashabbusi jamg‘armasiga jami 3543,0 mln.so‘m mablag‘lar shakllangan bo‘lib, "Оpenbudget.uz" axborot portaliga fuqarolar tomonidan ichki  ko‘chalarni ta’mirlash va asfalt qilish, ijtimoiy soha ob’yektlarini ta’mirlash, ichimlik va oqova suvi bilan ta’minlash, ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish va ta’mirlanishi uchun kelib tushgan takliflarga jami 2210,0 mln. so‘m mablag‘lar yo‘naltirildi.

Sherzod VOSEYЕV,

tuman moliya bo‘limi mudiri.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM