Mahallada profilaktika inspektorlariga qulay sharoit yaratish borasida nima ishlar olib borilmoqda?

Tuman hokimning o‘rinbosari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Shavkat Xasanov ishtirokida o‘tgan matbuot anjumanida shular to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish va qonun ustuvorligini ta’minlashda mahalla institutini mutlaqo yangi darajaga  olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga samarali faoliyat olib borishlari uchun zarur sharoitlar yaratilishini inobatga olib, tumandagi 74 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat olib borayotgan 74 ta profilaktika inspektorlarining  moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularga qulay shart-sharoit yaratish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Tumandagi 29 nafar profilaktika inspektorlariga kompyuter jamlanmasi, 31 nafar profilaktika inspektorlariga mebel jamlanmasi, shuningdek, 40 nafar inspektor xizmat uyi bilan ta’minlangan.
2022 yilda 11 nafar inspektorni uy bilan ta’minlash rejaga kiritilgan.
Anjumanda shu kabi fikrlar keng muhokama qilindi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM