Samarqand tumani hokimning birinchi o‘rinbosari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi

Unda Firdavs Gʻaniyev Samarqand tumanida “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi doirasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Ta’kidladiki, o‘tgan yillarga nazar solib anglashimiz mumkinki, misli ko‘rilmagan o‘zgarishlarni guvohi bo‘ldik, uni his etdik. Har sohadagi yangilanishlar, inson farovonligi va qadr-qimmatini oshirishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlarning barchasi amalda bo‘y ko‘rsatdi. Bugun ham yangi kreativ yondoshuvlarni ko‘rib, yuksalishlar tendensiyasining faol a’zosi sifatida quvonamiz.

Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi yetti yo‘nalishdan iborat etib belgilanganligi e’tiborga molik. Mazkur raqam baxt-saodat va omad keltiradigan, ezgu niyatni ro‘yobga chiqaradigan xosiyatli timsol sifatida baholanadi.

Yetti yo‘nalishning beshinchi yo‘nalishida ma’naviy va ma’rifiy sohalarda islohotlarni amalga oshirish belgilangan. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Madaniyat va san’atni yuksaltirish, yoshlarni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash, millatlararo hamjihatlik va o‘zaro hurmatni mustahkamlashga ustuvor ahamiyat qaratiladi.

Prezidentimizning ta’kidlashicha, Yangi O‘zbekistonni yuksak madaniyat va ma’naviyatga ega bo‘lgan, erkin va baxtli insonlar yashaydigan mamlakatga aylantirish uchun “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi va uni amalga oshirish milliy dasturi ishlab chiqildi.

Ushbu konsepsiya  asosida tumanimizda ham bir qator ishlar samarali amalga oshirildi.

Jumladan, umumtaьlim maktablarida o‘tkazilgan “Marifatli yoshlar-millat fahri” mavzusigida tadbirlar avvalo, yoshlarni  ma’naviy-axloqiy qadriyatlarini davr talablariga mos ravishda boyitish va rivojlantirish, shu orqali jamiyatning madaniy va ma’rifiy yuksalishiga erishish imkonini berdi. 

"Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik", “Oilaviy ajrimlarning ko‘payishi – jamiyat tanazzuli, millat fojeasi” nomli yarashtiruv, “Bir nuroniy- besh nafar yoshga murabbiy”,  “Bir ziyoli -bir mahallaga ma’naviy xomiy” tamoyili asosida maxallalarda tashkil qilingan tadbirlar jamiyat a’zolarining ongi va tafakkurini, hayot falsafasi va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qildi.

Aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida  “Mard askar - yoshlarga namuna” shiorida tadbirlar o‘tkazildi.

“Vatan himoyachi”lari kuni hamda Qurolli Kuchlarimizning 29 yilligiga bag‘ishlangan Harbiy Vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi.

Madaniyat va sport , teatr, kitobxonlikni qo‘llab quvvatlash maqsadida  “Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan mehnat jamoasi” ko‘rik tanlovlari , fudbol, basketbol tanlovlari tashkillashtirildi.

Ilm-fan, madaniyat va san’at, adabiyot va badiiy ijod sohalarining tumanimiz taraqqiyotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirishga qaratilgan “Vatan taraqqiyotiga mening xissam”  ko‘rik tanlovi,

Alisher Navoiyning 580 yilligi, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan tadbirlar, "Eng yaxshi kitobxon", "Eng yaxshi kitobxon mahalla", "Ona bola kitobxon" ko‘rik tanlovi, "Eng namunali Ma’naviyat va ma’rifat xonasi" ko‘rik tanlovi  bo‘lib o‘tdi. 

Mamlakatimizda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash, fuqarolarimizni turli mafkuraviy tahdidlardan, zararli oqim va g‘oyalardan himoya qilish maqsadida diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik tadbirlar o‘tkazildi va turli mafkuraviy tahdidlardan, zararli oqim va g‘oyalarga qarshi imunititetni  yoshlarda shakllantirish maqsadida maktablarda "Giyohvandlik-asr vabosi" mavzusida davra suhbatlari, "Xalqaro terrorizm va diniy ekstremizm taraqqiyot dushmani" mavzusida targ‘ibot ishlari, "Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etish”ga doir tadbirlar tashkil yetildi va shu bilan bir qatorda yoshlarda   zararli oqim va g‘oyalarga qarshi imunititetni  shakllantiradigan videoroliklar qo‘yib berildi.

21-oktyabr "O‘zbekiston davlat tili qabul qilingan kun munosabati bilan "Tilga e’tibor-elga e’tibor" mavzusida davra suhbatlari tashkil etildi.

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash maqsadida tumanda targ‘ibot ishlari olib borildi.

Hokim o‘rinbosari anjuman davomida kelgusidagi vazifalar xususida ham so‘z yuritdi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM