Maktablarda darslar an’anaviy shaklda davom ettiriladi

Respublika maxsus komissiyasining 2022 yil 2 fevraldagi 97-son bayoniga muvofiq, 7 fevraldan boshlab umumta’lim maktablarida o‘quv jarayonlari an’anaviy shaklda davom ettiriladi. 

Bunda, barcha umumta’li maktablarida o‘qituvchi va o‘quvchilar niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qatiy rioya etilgan holda antiseptik vositalardan muntazam foydalanishlari talab etiladi.

Shuningdek, dars mashg‘ulotlari amaldagi dars jadvali asosida sinf sistemasida tashkil etiladi.

Maktab ma’muriyati virus tarqalishini oldini olish maqsadida, ta’lim jarayoni ishtirokchilarining niqob taqib yurishi hamda ijtimoiy masofani saqlashini qatiy nazoratga olishi talab etiladi. 

Shu bilan birgalikda, umumta’lim maktabida kasallanish holatlari ko‘paygan taqdirda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining xulosasiga ko‘ra bevosita ushbu maktabda an’anaviy ta’lim jarayonini cheklash bo‘yicha qarorlar qabul qilish vakolatiga ega ekanligini eslatib o‘tamiz.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM