Tumanda madaniyat va san’atni yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan ochiq muloqot o‘tkazildi

Tuman hokimligida tashkil etilgan muloqotda tuman madaniyat bo‘limi boshlig‘i Xursand Gʻoziyeva ishtirok etdi.
-  Tumanda 5 ta madaniyat markazlari hamda 2 ta musiqa va san’at maktablari faoliyat olib bormoqda, - dedi X.Gʻoziyeva. - Madaniyat markazlarida faoliyat yuritib kelayotgan 26 ta to‘garaklar bo‘lib, bugungi kunda 5 ta yangi to‘garaklar tashkil etildi. Ularga 143 nafar yoshlar jalb qilingan. Jumladan, rubob to‘garagiga 32 nafar, doira to‘garagiga 37 nafar, milliy estrada xonandaligi to‘garagiga 35 nafar, an’anaviy xonandalik to‘garagiga 27 nafar, maqom ijrochiligi yo‘nalishida 12 nafar yoshlar qamrab olingan.
Mavjud madaniyat markazlari tomonidan o‘z xududlaridagi jami 10 ta mahallalarda musiqa va qo‘shiqchilik yo‘nalishidagi to‘garaklar tashkil qilinib, 160 nafar yoshlar jalb qilingan. Yana yoshlarning qiziqib kelishi davom etmoqda. 
Shuningdek, madaniyat markazlari xalq ta’limi bo‘lmi bilan hamkorlikda 55 ta umumta’lim maktablarda qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etilgan bo‘lib. Ijodiy yo‘nalishda 1541 nafar, musiqa yo‘nalishida 727 nafar yosh havaskorlar ishtiroki etishadi.
5 tashabbus doirasida badiiy havaskorlik jamoalari, “Yoshlar teatr studiyalari” va “Yoshlar klublari” tashkil etilgan. ularga 150 nafar havakorlar qamroab olingan. Madaniyat markazlarida uch bosqichdan iborat “Boychechak” bolalar, “Parvoz” o‘smirlar, “Iftixor” yoshlar ijodiy jamoalari tashkil etilib, 200 nafar havaskorlar, 2-son madaniyat markazida “Ittifoqdoshlar”  yoshlar teatr-studiyasi va “Sardorlar” shijoat klubi, 4-son Arabxona madaniyat markazida “Fayz” yoshlar ijodiy jamoalari tashkil etilib, 150 nafar havaskorlar jalb qilingan.
Yoshlarni musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish maqsadida mavjud 2 ta musiqa va san’at maktablarida 12ta yo‘nalishda 312nafar o‘quvchi yoshlar darsdan bo‘sh vaqtlarida musiqa va san’at sirlaridan saboq olib kelmoqda.
Jumladan: 12-son bolalar musiqa va san’at maktabida fortepiano, torli va kamonli asboblar, estrada xonandaligi, o‘zbek xalq cholg‘ulari, an’anaviy sozandalik, an’anaviy xonanda, tasviriy san’at, amaliy san’at, teatr san’ati to‘garaklariga 175 nafarbolalar kamrab olingan.
26-son bolalar musiqa va san’at maktabida esa  fortepiano, damli va zarbli cholg‘ular, akademik xonandalik, an’anaviy xonanda, o‘zbek xalq cholg‘ulari, an’anaviy ijrochilik, raqs (xoreografiya), tasviriy san’at to‘garaklariga jami 137 nafar bolalar qamrab olgan. 
Bolalar musiqa va san’at maktablari hamda madaniyat markazlari birgalikda 4 ta yosh havaskor ijodiy jamoalar ham tashkil etilgan bo‘lib, unda 220 nafar havaskorlar jalb etildi. Ayniqsa 12-son bolalar musiqa va san’at maktabida madaniyat bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Yosh maqomchilar” jamoasiga 20 nafar yoshlar jalb qilindi.
2022 yilda “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” munosabati bilan imkon qadar tumandagi boshqa mahallalarda ham shu xududdagi yashovchi madaniyat va san’at yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan faollarni aniqlab, ular yordamida shu mahallalarda madaniyat va san’at yo‘nalishidagi to‘garaklarni tashkil etish rejalashtirilgan. 
Joriy yil yakuniga qadar musiqa va san’at maktablarida 
3 ta qo‘shimcha sinflar, madaniyat markazlarida qo‘shimcha 5 ta bepul to‘garaklar ochish natijasida qo‘shimcha 120 nafar yoshlarni qamrab olishga erishish rejalashtirilgan.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM