Chorvachilikka kamarbasta tadbirkor

Bugun  mamlakatimizda aholi daromadlarini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ishbilarmon, tadbirkor insonlar uchun hamma imkoniyatlar mavjud, faqat ishtiyoq va intilish bo‘lsa,  bas. Albatta, ular bu bilan nafaqat o‘zlarini balki, el-ulusni ham manfaatdor etadilar. Yangi ravot mahallasida yashovchi, chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi Vagif Milyasov ham ana shunday tadbirkorlardan hisoblanadi. 
Asli kasbi mexanizator bo‘lgan  Vagif bundan 4-5 yil oldin Toshkent viloyatida ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligida ishlab, mehnat haqqi  hisobiga 7 bosh bir oylik zotdor, naslli buzoqchalar oladi.
Buzoqchalarni uyida rasion asosida  mehr bilan parvarishlab, voyaga yetkazadi. Shu-shu chorvachilikka qiziqib, ushbu sohada tadbirkorlikni boshlaydi. O‘tgan yili bankdan 60 mln kredit olib yana 2 bosh naslli sigir sotib oldi. Hozirgi kunda 8 bosh sog‘in sigir va 10 bosh katta-kichik buzoqlarni o‘z uyida parvarishlab kelmoqda. Kuniga sigirlardan 120-150 litr serqaymoq sut sog‘ib olib, "Agrobravo" korxonasi hamda mahalla aholisiga sotmoqda. 


- Bugungi kunda mollarni yem-xashak bilan ta’minlashda ozroq muammo bo‘lmoqda, deydi Vagif.
Shuning uchun yer so‘rab ariza berganman, agar arizam qanoatlantirilsa, mollar sonini yanada ko‘paytirib kamida 4-5 nafar yoshlarni ish bilan ta’minlash niyatim bor. Bunga barcha texnika vositalarim yetarli.
Toshpo‘lod YUSUPOV, 
Surat muallifi B.QODIROV.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM