Hokim o‘rinbosari O‘rtashiqda yoshlar muammosini tingladi

Samarqand tumani hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari D.Azizova O‘rtashiq mahallasi yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 
Uchrashuv avvalida tumanda tadbirkorlik istagida bo‘lgan yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida to‘xtaldi. Shundan so‘ng ochiq muloqot boshlandi. Unda tuman yoshlarining ishga joylashish, ayniqsa, imtiyozli kredit asosida tadbirkorlik faoliyatini boshlash va kengaytirish kabi mavzulardagi o‘nlab murojaat va takliflari tinglandi.
Kredit olish va ishga joylashish istagidagi yoshlarning murojaatlari bilan bank va bandlik mutasaddilari alohida shug‘ullanishi yuzasidan ko‘rsatma berildi. Bu borada tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM