Тuman ochiq birinchiligi o‘tkazildi

Samarqand tuman turizm va sport bo‘limi tashabbusi bilan tumandagi 1-son bolalar va o‘smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida tuman ochiq birinchiligi o‘tkazildi.

Sportning sambo turi bo‘yicha “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida o‘tkazilgan musobaqada 55 kg vazn bo'yicha Bexruz Furqatov hamda 48 kg vazn toifasida Firdavs Baxriyev birinchilikni qo'lga kiritdi. Ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM