Аniq ishlar olib borilishi zarur

Samarqand tumani Konigil agrofirmasi hududida 2022 yil hosili uchun g‘alla parvarishida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan o‘quv-seminar o‘tkazildi

Seminarda tegishli tashkilot rahbarlari, agrofirma raislari xamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.

Unda boshoqli don ekinlarida zang kasalliklari tarqalishini va ularga qarshi kurash bo‘yicha aniq ishlar olib borilishi zarurligi ta’kidlandi.

Taklif etilgan kimyoviy vositalar orqali o‘z vaqtida belgilangan meyorlarda ishlov berilishi g‘alladan yuqori va sifatli hosil olishda muhim ahamiyatga ega ekanligi tushuntirildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM