Ham tabiat, ham jamiyat kushandalari

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi Samarqand tumani nazorat bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan reyd tadbirlari o‘tkazildi. Unda tumanning Shirinobod mahallasi hududidagi yo‘l bo‘yida o‘sib turgan daraxtlarga ziyon yetkazilgan holatda reklama bannerlari osib quyilganligi aniqlandi. Mazkur holatni joyida bartaraf etish ishlari ko‘rildi.

Joylardagi aniqlangan holatlarning aksariyati turli xildagi osilgan reklama va e’lon bannerlari daraxtlarga o‘rnatib ketilgani ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan mas’ul tadbirkorlik sub’yektlari vakillari o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borildi.

 

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM