Navbatdagi matbuot anjumanida yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrash, odam savdosini oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning bosh mutaxassisi Azamat Gafurov ishtirok etdi.

- Bugungi globallashuv va taraqqiyot asri har kimdan kuchli bilim va tafakkur egasi bo‘lishni, zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli va maqsadli foydalanishni, sodir bo‘layotgan voqea hodisalarga nisbatan mustahkam insoniylik pozisiyasi bilan yondashishni talab etadi, - dedi A.Gafurov. - Yoshlarni diniy ekstremizm va terorizm, “ommaviy madaniyat” hamda ma’naviy tahdidlar kabi salbiy illatlar va uning zararli oqibatlaridan asrash har birimizning burchimizdir.

Mazkur ishlarni samarali tashkil etish maqsadida tuman ichki ishlar bo‘limi, DXX, tuman imom-xatibi, xotin-qizlar targ‘ibot guruhi, xalq ta’limi, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Din ishlari bo‘yicha ko‘mitaning tuman vakilidan iborat ishchi guruh tuzildi. Ishchi guruh tomonidan tumandagi umumta’lim muassasalarining yuqori sinf o‘quvchilari hamda aholi o‘rtasida diniy ekstremizm va terrorizm, missionerlik va prozelitizmning ayanchli oqibatlari hamda bu kabi kuchlarning g‘oyaviy xurujlariga nisbatan ogohlik va hushyorlikni yanada oshirishga qaratilgan profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Shu bilan birga doimiy ravishda mahalla, kasb-hunar maktablari hamda umumta’lim maktablarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Tuman hokimligining odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish samaradorligini yanada oshirish borasidagi ishlarni jonlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ham tasdiqlandi. Bunga asosan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda rahbarlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga katta e’tibor qaratilayotir. Komissiya raisi rahbarligida har chorakda ushbu masalalar muhokama etib borilayotgani bajarilgan ishlarning yanada jonlanishiga xizmat qimoqda.

Muloqot davomida kelgusidagi vazifalar ham o‘rtaga tashlandi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM