Mahallada diniy ekstremizmga qarshi ko‘rilgan choralar to‘g‘risida ma’lumot berildi

O‘tkazilgan ochiq muloqotda kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i Shavkat Hasanov ishtirok etdi.
Qayd etilganidek, tumandagi 74 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 189 marotaba Diniy ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha  ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi. Tadbirlarga 549 nafar fuqarolar yig‘ini xodimlari va faollari jalb qilingan. 
Shuningdek, ishlash maqsadida bugungi kunda chet mamlakatlariga chiqib ketgan fuqarolarning oila a’zolari bilan mahalla beshligi (mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli hamda yoshlar yetakchisi) tomonidan doimiy tarzda profilaktik suxbatlar olib borilmoqda.
O‘tkazilgan tadbirlarda aholi o‘rtasida  ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etishda davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik qilinmoqda.
Mahallalarda turli millat va elat vakillarining urf-odat va an’analarini hurmat qilish, ular o‘rtasida vatanparvarlik, bag‘rikenglikka asoslangan ma’naviy-ma’rifiy, targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazilishiga ko‘maklashilmoqda.
Yoshlarni ma’naviy boy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, yosh avlodni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, mafkuraviy xurujlarga qarshi milliy g‘oya asosida kurashish, oila, maktab va mahalla hamkorligini mustahkamlash va shu asosda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash ko‘nikmasini shakllantirilmoqda.
Oila, maktab va mahalla hamkorligini mustahkamlash va shu asosda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlashga erishildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM