Nogironligi bo‘lgan yoshlarning ta’lim olishlari uchun qanday sharoitlar yaratilgan?

Navbatdagi matbuot anjumani shu mavzuda bo‘ldi. Unda tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bosh mutaxxasisi Bunyod Rahmonqulov ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qaroriga asosan “Yoshlar daftari” ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz yoshlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi sanaladi. “Yoshlar daftari”ga tuman (shaharlar)dagi har bir sektor kesimida mahallabay, o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan quyidagi toifadagi yoshlar kiritiladi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar — muomalaga va mehnatga layoqatsiz, nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bo‘lgan (nafaqa olmaydigan), boquvchisini yo‘qotgan, yetim, Mehribonlik uylari va bolalar shaharchalarida tarbiyalangan yoshlar.
Shuningdek, muqaddam sudlangan, probatsiya hisobida, profilaktik hisobda yoki ma’muriy nazorat ostida turuvchi ijtimoiy yordamga muhtoj toifadagi yoshlar kiritiladi. Samarqand tumanida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi tomonidan 75 nafar yoshlarga yordam berish ko‘zda tutilgan. Jumladan, 67 nafar yoshlarimizga moddiy yordam berish, 8 nafar yoshlarga davolanish xarajatlarini qoplab berish, 2 nafar yoshlarga asbob-uskuna olib berilgan. Shuningdek, yoshlarni iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etishlariga ko‘maklashish,  ularni qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Besh tashabbus” tadbirlaridagi faol ishtiroki uchun 5 nafar nogironligi bor iqtidorli yoshlarga kompyuter jamlanmalari taqdim etildi.
Umumta’lim maktablarida jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan 89 nafar o‘quvchilar uyda yakka tartibda ta’lim olmoqda. Ulardan 38 nafari o‘g‘il va 54 nafari qizlardir. Uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchilarga 317 nafar oliy ma’lumotli o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya berib kelmoqdalar. Ularga uy sharoitida ta’lim-tarbiya olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, ta’lim sifatini oshirish hamda ularni ijtimoiy himoyalash ishlari tuman hokimligi, prokuratura va maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan doimiy nazoratga olingan.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM