Tumanda madaniyat va san’atni yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Unda tuman madaniyat bo‘limi boshlig‘i Ma’ruf Toshpo‘latov ishtirok etdi.
Bugungi kunda Samarqand tumanida 5 ta madaniyat markazlari faoliyat olib bormoqda. Ushbu markazlarda 28 ta to‘garak faoliyati yo‘lga quyilgan bo‘lib, ularda jami 257 nafar yoshlar jalb qilingan.
Jumladan, rubob to‘garagiga 52 nafar, doira to‘garagiga 67 nafar, milliy estrada xonandaligi to‘garagiga 55 nafar, an’anaviy xonandalik to‘garagiga 57 nafar, maqom ijrochiligi yo‘nalishida 12 nafar yoshlar qamrab olingan.
2023 yilning 9 oyi davomida aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlari ko‘rsatish darajasini oshirish, tumanning barcha hududlarida ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish, madaniyat va san’at sohasida iste’dodli yosh ijodkorlarni izlab topish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida 48 ta turli madaniy tadbirlar o‘tkazildi.
2023 yil 10 iyundan boshlab, 74 ta mahallalarda tasdiqlangan reja grafigiga asosan konsert dasturlari hamda targ‘ibot tadbirlari tashkil qilinmoqda.
Bundan tashqari PQ-92-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida mavjud madaniyat markazlari tomonidan o‘z hududlaridagi jami 8 ta mahallalarda musiqa va qo‘shiqchilik yo‘nalishidagi to‘garaklar tashkil qilinib, 80 nafar yoshlar jalb qilingan.
Tuman hududidagi madaniyat markazlari hamda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda 54 ta umumta’lim maktablarda qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etilgan. Ijodiy yo‘nalishda 1541 nafar, musiqa yo‘nalishida 727 nafar yosh havaskorlar qamrab olingan.  
5 tashabbus doirasida badiiy havaskorlik jamoalari, “Yoshlar teatr studiyalari” va “Yoshlar klublari” tashkil etilib, 150 nafar havakorlar,  madaniyat markazlarida uch bosqichdan iborat “Boychechak” bolalar, “Parvoz” o‘smirlar, “Iftixor” yoshlar ijodiy jamoalari tashkil etilib, ularga 200 nafar havaskorlar, 2-son madaniyat markazida “Ittifoqdoshlar”  yoshlar teatr-studiyasi va “Sardorlar” shijoat klubi, 4-son Arabxona madaniyat markazida “Otash” yoshlar ijodiy jamoalari tashkil etilib, 150 nafar havaskorlar jalb qilingan.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM