Umumta’lim maktablarida harbiy sohaga qiziquvchi o‘quvchi yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Ochiq muloqotda tuman hokimning yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bosh mutaxxasisi Bunyod Rahmonqulov  ishtirok etdi.
Samarqand tumani maktabgacha va maktab ta’lim  bo‘limi tasarrufidagi barcha ta’lim muassasalarida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tayorlash fani bo‘yicha jami 53 nafar chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayorgarlik fani o‘qituvchilari faoliyat yuritib kelmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlardan nafaqaga chiqqan, 28 nafari zahiradagi ofitser va serjantlardan iborat chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayorgarlik rahbarlari, 3 nafari oliy ta’lim muassasalarini chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, 22 nafari pedagogik tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-avgustadgi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3898-sonli qarorida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan maktabgacha va maktab ta’lim  bo‘limi hamda Mudofaa ishlari bo‘limi hamkorligida harbiy qism va ta’lim muassasalarida haftaning har juma kuni, ya’ni “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni”da harbiy kasbni tanlash, milliy armiyamizning yaratilishi va rivojlanishi bilan tanishish uchun harbiy xizmatchilar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etilmoqda.
Harbiy qism va muassasalarda mamlakatimizda Qurolli Kuchlar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish, jamiyatda harbiylik kasbiga hurmat va e’tiborni yanada kuchaytirish, harbiy xizmatchilar bilan “Ma’naviyat soatlari”ni  tashkil etish, o‘quvchi yoshlarni harbiy-vatanparvalik ruhida tarbiyalash, ma’naviy va jismoniy kamol toptirishga qaratilgan “Temurbeklar”, “Yosh chegarachilar”, “Yosh qutqaruvchi”, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining harbiy ta’lim rahbarlari uchun “Chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayorgarlik fani bo‘yicha eng yaxshi ta’lim muassasasi”, umumta’lim maktablarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayorgarlik sinf xonalarihamda “Yoshlar o‘rtasida mudofaa vazirining kubogi uchun “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalari va ko‘rik-tanlovlari muntazam o‘tkazilmoqda.
Ta’lim muassasalarida nazariy bilimlarni mustahkamlashga o‘quv didaktik qo‘llanma plakatlar, jasorat burchaklari, gimnastik maydonchalar, Jaloliddin Manguberdi va Amir Temur tematik xonalari tashkil etilgan bo‘lib, o‘quvchi yoshlarni vatanni himoya qilish va uni asrash kabi tuyg‘ularni oshirishga xizmat qiladi.
2023-2024  o‘quv yilida 1432 nafar 11-sinf o‘quvchilari chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayorgarlik fanidan olingan nazariy bilimlarini mustahkamlash bo‘yicha dala mashg‘ulotlariga chiqishlari rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi  PQ-3392-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-apreldagi 237-son qarorlari bilan ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash hamda umumta’lim maktablari o‘quvchilariga harbiy-vatanparvarlik tuyg‘ularini singdirish, “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik liseylarga  o‘quvchilar tomonidan qiziqish bildirilgan holatda, bo‘lim tasarrufidagi 2-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishi bo‘yicha to‘garak tashkil etilgan bo‘lib, joriy o‘quv yilidan 10-11-sinflardan harbiy vatanparvarlik yo‘nalishida variativ o‘quv reja asosida sinf ochish rejalashtirilgan.  Barcha umumta’lim maktablarida "Yosh vatanvarparlar otryadi" tashkil etilib, unda 1060 nafar o‘quvchilar qamrab olingan.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM