Aholini uy-joy hamda kadastr sohasida raqamli texnologiyalarning joriy etilish holati to‘g‘risida ma’lumot berildi

O‘tkazilgan matbuot anjumanida Davlat kadastrlar palatasi Samarkand tuman filiali rahbari Sayyod Ro‘ziyev ishtirok etdi.
Qayd etilganidek, aholi uy-joylari hamda kadastr sohasida raqmli texnologiyalarni joriy etish uchun kadastr va ko‘chmas mulklarni ro‘yxatdan o‘tkazish yagona integratsion axborot tizimi – “UZKAD” tizimida ishlash bo‘yicha uslubiy qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 iyundagi 389-son qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘chmas mulk ob’yektlariga kadastr yig‘ma jildini tayyorlash tartibi to‘g‘risida nizom”ga muvofiq ishlab chiqilgan.
Mazkur uslubiy qo‘llanma Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari hamda Samarqand tuman filiallari xodimlariish faoliyatida davlat organlari va tashkilotlari foydalanishidagi ijtimoiy ob’yektlarini “UZKAD” tizimida yaratish, kadastr yig‘ma jildini tuzish, kadastr pasportini rasmiylashtirish hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlarini amalga oshirishda foydalanishlari va rioya qilishlari uchun ishlab chiqilgan.
Ko‘chmas mulk ob’yektlarini “UZKAD” tizimida hisobga olish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlari quyidagicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda, umumiy o‘rta ta’lim maktablari;
ikkinchi bosqichda, maktabgacha ta’lim muassasalari;
uchinchi bosqichda, texnikum, kollej va litseylar;
to‘rtinchi bosqichda, tibbiyot muassasalari;
beshinchi bosqichda, davlat boshqaruvi organlari;
oltinchi bosqichda uy-joy va boshqa ob’yektlar.
“UZKAD” tizimida ko‘chmas mulk ob’yektlarini yaratish, kadastr yig‘majildini tuzish, kadastr pasportini rasmiylashtirish va unga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayoni hisoblanadi.
Samarqand tumanida jami 58322 ta ko‘chmas mulk ob’yeklari mavjud bo‘lib, shundan, 49834 ta turar joylar, 1141 ta ko‘p qavatli xonadonlar, 3596 ta bo‘sh yer maydonlari va 3751 ta noturar ob’yektlar. Davlat ruyxatidan o‘tgan ob’yektlar soni 25340 ta, huquqiy hujjati mavjud davlat ro‘yxatidan o‘tmagan ob’yektlar soni 3294 ta va huquqiy hujjati mavjud bo‘lmagan ob’yektlar soni 3294 tani tashkil qiladi.
2023 yil yanvar-noyabr oylarida kadastr pasportini shakllantirish uchun yuridik va jismoniy shaxslardan jami 4587 ta arizalar kelib tushgan bo‘lib, shundan  3100 ta ijobiy hal etilgan. 1497 tasi huquqiy hujjatlar taqdim etmaganligi sababli rad etilgan.
Hozirgi paytda yuridik va jismoniy shaxslarga qulaylik yaratish maqsadida tizimda “Ko‘chmas mulk-3”, “Nesklaut” va “UZKAD” dasturlari asosida kadastr yig‘ma jild pasportlari shakllantirib, tegishli tashkilotlar (soliq, notarius, IIB, Davlat xizmatlari markazi va boshqa) bilan integratsiya orqali ma’lumot almashtirish ishlari yo‘lga qo‘yilmoqda.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM