Keksa avlod vakillariga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni har tomonlama e’zozlash borasida qilinayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi

Unda Samarqand tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Sh.Xasanov ma’lumot berdi.
Samarqand tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan belgilangan rejaga muvofiq quyidagi ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy tadbirlar amalga oshirildi.
Tuman tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda joriy yilning avgust oyida “Keksalar salomatligi oyligi” tashkil etilib, tumandagi 26 172 nafar keksa-faxriylar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, kasalligi aniqlangan 9899 nafarni tashkil etdi. Jumladan nevrologiya kasalligi 1896 nafarda, qon-tomir kasalligi 1970 nafarda, ko‘z kasalligi 1073 nafar, urologik kasalliklar 574 nafarda, endokrin kasalligi bilan 1607 nafar va boshqa kasalliklar 2779 nafarda aniqlandi. Ularning tegishliligi bo‘yicha uy, ambulator va stasionar sharoitda davolanishlari tashkil etildi. 33 nafar keksalarga bepul tish protezlari qo‘yib berildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 15 martdagi PQ-167 sonli “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi bo‘yicha qo‘yidagi tadbirlar amalga oshirildi:
Mahallalarda “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” tamoyilini qaror toptirish borasida tumandagi 475 nafar muammosi bo‘lgan yoshlarga 75 nafar nuroniylar biriktirildi. 
Joriy yilning avgust oyida “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” ko‘rik tanlovining tuman bosqichi 33 umumta’lim maktabida o‘tkazildi.
“Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” shiori ostida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan keksalar va nuroniylar holidan xabar olish tizimi tashkil etildi. Yakka yolg‘iz va o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 6 nafar keksa avlod vakillari turli sanatoriyalarda sog‘lomlashtirildi.
Ijtimoiy faol bo‘lgan 55 nafar nuroniylarning Surxondaryo viloyatidagi At-Termiziy ziyoratgohiga sayohat tashkil etildi.
Mahallalarda faol bo‘lgan nuroniylarni Boqiy shahar, Konigil meros turizm maskanlari hamda Samarqand shahridagi tarixiy muzeylarga sayohat tashkil etildi.
Nuroniylar maskani hamda Axborot resurs markazi (kutubxona)da 2 marotaba yoshlarga kitobxonlikni targ‘ib etish borida ijodkor shoirlar bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.
Nuroniylar maskanida keksalar o‘rtasida shaxmat va shashka o‘yinlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilmoqda.
O‘tkazilgan barcha tadbirlar ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda muntazam yoritib borildi. 
Mamlakatimizda joriy yilning oktyabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi”,  noyabr oyi esa “Keksalar turizm oyligi” deb e’lon qilinganligi bois, haftalik va oylik davomida mahallalarda, korxona va tashkilotlarda yakuniy bosqichi tuman miqiyosida “Uch avlod uchrashuvi” va sayohatlar tashkil etish va uni yuqori saviyada o‘tkazish, bundan tashqari reabilitatsiya vositalariga muhtoj bo‘lgan yakka-yolg‘iz kesalar, front ortida mehnat qilgan keksalar holidan xabar olish.
 Har bir korxona va tashkilotlarda faoliyat ko‘rsatayotgan “Faxriylar kengashlari”, fuqarolar yig‘inlarida esa “Keksalar maslahati” guruhlari tarkibi va faoliyatlarini qayta ko‘rib chiqish;
“Inson” ijtimoiy xizmatlar tuman markazi (U.Mamadiyorov) bilan birgalikda tumandagi yakka-yolg‘iz keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan keksalarga ijtimoiy xizmat turlarini ko‘rsatish, sog‘lomlashtirish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish uchun hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Nuroniylarni qo‘llab-quvvatlashga doir farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi, viloyat hamda tuman hokimlarining qarorlari, vasiylik kengashi yig‘ilish qarorlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha har oy yakuni bilan tuman hokimi, vasiylik kengashi raisiga ma’lumot taqdim qilib borish.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM