Besh bosqichli besh tashabbus olimpiadasining birinchi mavsumida amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Unda tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Akbar Mahmudov ishtirok etdi.
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19-yanvardagi. PQ-92-son qarori Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida belgilangan Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish, mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish maqsadida mamlakatimizda besh bosqichli besh tashabbus olimpiadasi o‘tkazilishi belgilangan. 
2023 yilning sentyabr oyidan boshlab 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida besh tashabbus olimpiadasiningikkinchi mavsumiga start berildi.Olimpiadaning ikkinchi mavsumi mahalladagi yoshlar o‘rtasidaquyidagi Voleybol IIV kubogi, Kurash Bosh prokuror kubogi, gimnastrada, milliy va zamonaviy cholg‘u ijrochiligi, zakovat intelektual o‘yini va Yosh kitobxon tanlov va musobaqalari o‘tkazildi.
Besh tashabbus olimpiadasining joriy yilbirinchi mavsumida 31092 nafar yoshlar (tumandagi umumiy yoshlar soniga nisbatan 45 foiz yoshlar) ushbu musoboqa va tanlovlarda ishtirok etish uchun maxsus telegramm bot orqali ro‘yxatdan o‘tildi. 
Musobaqa va tanlovlar besh bosqichda mahalla, sektor, tuman, viloyat hamda Respublika bosqichlari o‘tkaziladi. Hozirda musobaqalarning hududiy viloyat bosqichlari o‘tkazildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM