Samarqand tumani yo‘lsozlari 20 ming tup ko‘chat ekishdi

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish ishlarida Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi qarashli korxonalar ishchi-xizmatchilari ham uyushqoqlik bilan ishtirok etishmoqda. Amalga oshirilayotgan ommaviy ko‘chat ekish tadbirlari bois, umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari hududlarida “Yashil belbog‘” barpo etilmoqda. Shu maqsadda bosh boshqarma tomonidan joriy yil kuzgi ko‘chat ekish mavsumida 200 mingdan ziyod mevali, manzarali va terak ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan.
Hususan, Samarqand tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi davlat muassasasi tomonidan 2023 yilda 20 ming tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish ishlari mo‘ljallangan.
Mazkur loyiha ijrosini o‘z vaqtida va sifatli bajarish maqsadida, korxona tasarrufida bo‘lgan umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari yoqasi hamda korxonaga ajratilgan yer maydonlarida jami 20 mingdan ortiq daraxt ko‘chatlari o‘tkazildi.


Jumladan, tuman hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1096 kilometr qismida joylashgan korxonaga qarashli hududda “Yashil makon bog‘i” barpo etildi. Ko‘kalamzorlashtirish xasharida qatnashganlar, 2 gektardan iborat yer maydoniga  mingdan olrtiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekishdi.
Yana bir gap. Ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari uchun zarur bo‘ladigan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari korxonaga qarashli ko‘chatzordan yetkazib berilmoqda. Bu yerda 10 turdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari parvarish qilinmoqda.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM