Tuman hududida yo‘l va kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Unda tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi rahbari Sanjar Aliyev ishtirok etdi.
Samarkand tuman yullardan foydalanish korxonasida umumfoydalanuvdagi xalqaro ahamiyatdagi yo‘llarimiz 39 km. Davlat ahamiyatdagi yo‘llarimiz 8 km va mahalliy  ahamiyatdagi yo‘llarimiz 194 km ni tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil  23-fevraldagi “2021-2022-yillarda Samarqand  shahrining  infiratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha keng qamrovli ishlarni amalga oshirish va turizimni rivojlantirish uchun shart – sharoitlar yaratish to‘g‘risidagi ” PQ-4999 – sonli qarorida ko‘rsatib o‘tilgan topshiriqlarni bajarish maqsadida Samarqand tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan M-39 “Almata-Bishkek-Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 1081-1086 km oralig‘ida 97 mlrd so‘mlik ishlar amalga oshirildi. Misol tariqasida qilingan ishlarni aytadigan bo‘lsam, 4.5 km qismiga  to‘liq  asfalt yetqizish ishlari, 5.0 km uzunlikdagi piyodalar yo‘lagi barpo etish ishlari, piyodalarning xavfsizligini taьminlash maqsadida yerosti tonneli qurish ishlari amalga oshirildi.
Samarqand tumani Konigil MFY turizm qishlog‘iga borish yo‘lida 10 mlrd so‘mlik ishlar  amalga oshirildi. Shundan 2.5 km qismiga asfalt yotqizish ishlari hamda 2.5 km piyodalar yo‘lagi qurish ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari  misol tariqasida aydadigan bo‘lsam, Samarqand tumani Qo‘lba MFYda 350 metr, Sho‘rboicha MFYda esa 1035 metr beton yo‘llarni qurish ishlari amalga oshirildi.  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 noyabrdagi 635-sonli qaroriga asosan 20 ta mahalaga jami bo‘lib 21 km shag‘al hamda 2.3 km asfalt yotqizish ishlari amalga oshirildi. Masalan “Xishrav” MFY Sarosiyo ko‘chasi 500 m, “Yuqori Chordara” MFY Mustafo ko‘chasi 500 m, “Jo‘yisoy” MFYda   800 metr asfalt yotqizish ishlari amalga oshirildi. Shu bilan birga Samarqand tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi xizmat ko‘rsatadigan yo‘llardan jami bo‘lib 20 km qismida  joriy taьmirlash ishlari amalga oshirildi. 
    2023-yilda Samarqand tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi  tomonidan hozirgi kunga qadar xalqaro ahamiyatdagi yo‘llardan 5 km, mahalliy ahamiyatdagi yo‘llardan 15 km va ichki ho‘jalik yo‘llardan 3 km qismini joriy taьmirlash ishlari amalga oshirildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM