Hech kim mehr va e’tibordan chetda emas

Mehr-muruvvatli va bag‘rikeng xalqimiz azal-azaldan yordamga muhtoj, imkoniyati cheklangan insonlarga e’tibor qaratishni, g‘amxo‘rlik ko‘rsatishni, jamiyatda tinchlik, do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan eng muhim qadriyatlardan biri sifatida e’zozlab keladi.
Samarqand tumanidagi “Kamila” bazmgohida "3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan tashkil etilgan tadbir ana shu qadriyatlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ijtimoiy hayotning barcha sohalarida himoya qilishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidlashdi.
Ezgulik, mehr-oqibat, insonparvarlik timsoli bo‘lgan ushbu bayram arafasida tuman hokimi Sirojiddin Usmanov, Xalq qabulxonasi mudiri Ilhom Murodov, sektor rahbarlari tomonidan nogironlik aravachalari, qo‘ltiqtayoq va boshqa zarur moslamalar topshirildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM