Oila muqaddas shiori ostida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berldi

Matbuot anjumanida tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Madina Baratova ishtirok etdi.
Muhtaram prezidentimiz tashabbuslari bilan har yili 15-may kuni oila kuni deb nishonlanishi xalqimiz uchun, oilalar uchun quvonarli kundir.
Ma’lumki, oila jamiyatning birinchi va birlamchi zarrasidir. Jamiyat anashu kichik zarralardan tashkil topadi. Lekin u shunchaki zarra emas, tirik vujudlar ittifoqidir. Har bir tirik vujudning o‘zi alohida bir olam.
Oila inson uchun muqaddas va ulug‘ dargoxdir.  Inson anashu dargohda tug‘uladi,  o‘sadi,  voyagayetadi.  Oilani mamlakatning, jamiyatning kichik bir mo‘tabar parchasi deb qiyoslash mumkin. Inson voyaga yetguniga qadar ota-ona yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxs tarbiyasida bo‘ladi.  Inson qaysi oilada bo‘lishidan qatiy nazar o‘z oilasiga sadoqatli bo‘lsagina chin baxtga erishib kamol topadi.
Ming afsuski, bugungi kunda arzimas sabablar tufayli ayrim oilalarning parokanda bo‘layotganligi, hatto, buzilib ketayotganligidan ham ko‘z yuma olmaymiz. Keyingi paytlarda arzimagan sabablarga ko‘ra ajrashib ketayotgan oilalar soni ortib bormoqda.
Inson bolasi dunyoga kelar ekan u mustaqil harakatlanish, yurish, o‘qish, yozishdan boshlab tabiat va jamiyatning barcha murakkab qonunlari bilan yuzma-yuz kelganda nimalar qilish kerakligiga o‘rgatiladi, yoki bunga maxsus o‘qitiladi. Shu bilan birga hayotimizning yarmidan ko‘pini qamrab oladigan, hayotda chinakam, to‘laqonli insoniy baxtni in’om etadigan yoki aksincha, har tomonlama ta’minlanganligimizga qaramasdan bizning baxtimizni yarimta qiladigan oilaviy hayotdir.
Hozirgi kunda oilalarda yuzaga kelayotgan katta va kichik muammolarning bartaraf etilishi ularning mustahkamlanishi uchun bo‘lim tomonidan  74 nafar mahalla markazlarida bosqichma-bosqich tarzda turli mavzularda tadbirlar hamda ma’ruzalar, davra so‘xbatlari bo‘lib o‘tmoqda.
Tumanimizda ajrimlar soni o‘tgan yilga nisbatan  48 taga kamaygan. 2022 yil ajrimlar soni 335 tani tashkil qilgan bo‘lsa  2023 yil 287 tani tashkil qiladi. Tinch oilada voyaga yetgan farzandning tarbiyasida ham kelajakagiga ham ta’siri yaqqol bilanadi,  shunday ekan oilalarni mustahkamlash va undagi voyaga yetayotgan farzandlarni kelajagi uchun ham biz kattalar va ota-onalar mas’ul ekanligimizni bilishimiz kerak.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM