Samarqand tumani hokimi yordamchisi Yaponiyada

Joriy yilning 18-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi delegatsiya a’zolari SME Support Japan tashkiloti tomonidan tashkillashtirilgan o‘quv amaliy seminarda qatnashish maqsadida Yaponiyaning Tokyo shahriga yetib bordi.

Delegatsiya a’zolarining tarkibi hokim yordamchilari va kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish sohasida xizmat ko‘rsatuvchi davlat xizmatchilaridan iborat bo‘lib, mashg‘ulotlar JICA Tokyoda bo‘lib o‘tdi. Samarqandi tumani hokimi yordamchisi Bekmurod Suyarov ham mashg‘ulotlarda faol ishtirok etdi.

Delegatsiyamizning mashg‘ulotlarda qatnashishidan maqsad Yaponiyada kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash tizimi va siyosati bilan tanishishdir.

Delegatsiya a’zolari iliq kutib olindi va mashg‘ulotlarning birinchi kunida ochilish marosimi bo‘lib o‘tib, unda SME Support Japan raisi va bosh direktori Janob Atsushi Toyonaga hamda O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchisi Muxsinxo‘ja Abdurahmonov qatnashdi.

SME Support Japan tashkiloti va Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari, mashg‘ulotlarni borishi tartibi va kelgusidagi loyihalar to‘g‘risida nutq so‘zlandi.

Bundan tashqari, delegatsiya a’zolari amaliy-ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida mashg‘ulotlar birinchi kunida SMRJ biznes inkubatsiya markaziga tashrif tashkillashtirilgan bo‘lib, tashrif doirasida Yaponiyaning Vako Riken Inkubeyshn Plaza inshootidagi “Riken” obyektlari va inkubatsiya inshootlari bilan tanishildi.

Mashg‘ulotlar ikkinchi kunida Kichik va o‘rta biznes uchun BCP ishlanmasini qo‘llab-quvvatlash (Savol-javob) mavzusidagi seminar va Tokyo SME Training institutiga tashrif amalga oshirilib, u yerda ham Yaponiya mutaxassislari bilan fikr va tajribalar almashildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM