Harbiy-vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda aholi o‘rtasida milliy armiyamizdan g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yanada oshirish maqsadida harbiy-vatanparvarlik tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Bugun Samarqand tumanida Chordara mahallasida harbiy-vatanparvarlik tadbirlari doirasida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida yurish marafoni o‘tkazildi. Marafonda tumandagi korxona va tashkilot xodimlari, harbiylar, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etdi.

Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida qurol-aslahalar ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida Vatan taqdiri bilan o‘z taqdirini bog‘lab, uning tinchligi, osoyishtaligi uchun o‘z fidoyiligi, yuksak salohiyati va vatanparvarligi hamda yoshlar bilan ishlash yo‘lida samarali mehnati uchun bir guruh harbiylarga tuman hokimligining tashakkurnomasi topshirildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM