Mahallani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Samarqand tumani Kengashining tashkiliy yig‘ilishi o‘tkazildi

Tumandagi 12-son musiqa va san’at maktabida Mahallani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Samarqand tumani Kengashining tashkiliy yig‘ilishi  bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi Sirojiddin Usmanov, tegishli tashkilot vakillari, faollar hamda 74 mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Prezidentimizning 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, shu asosida mahalla tizimi xodimlari zimmasiga yuklanayotgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida Mahallani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Samarqand viloyat kengashining tashkiliy yig‘ilishida ishtirok etish uchun delegatlarni saylab olindi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM