10-umumta’lim maktabi o‘quvchilarining ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 5-fevral kuni o‘tkazilgan “2024-yilda ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi”da berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan bugun tuman hokimi Sirojiddin Usmanov rahbarligida 10-umumta’lim maktabi o‘quvchilarining ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda bola tarbiyasida ota-onaning o‘rni va mas’uliyati, oiladagi muhitning farzand ta’lim-tarbiyasiga ta’siri, yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilikning oldini olishda jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan ishlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish kabi dolzarb masalalarga alohida to‘xtalib, kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Shundan so‘ng maktab o‘qituvchilari bilan ham suhbat uyushtirildi. Unda o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitishda tashkil etilgan ishlar tahlil qilindi. O‘quvchilarning ta’lim va tarbiyasini yanada mustahkamlash yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM