“Gulobod tongi” gazetasi sotuvga qo‘yildi
15.10.2021 - 11:37Samarqand viloyatida ilk bor hokimlik muassisligidagi gazeta xususiylashtirilmoqda.
Bugun, 16 oktyabr kuni “Zarafshon” gazetasida berilgan e’longa ko‘ra, (https://t.me/zarnews_uz/45679) mazkur gazeta sotuvga qo‘yildi.
“Gulobod tongi” gazetasi Samarqand tumani hokimligi va xalq deputatlari tuman kengashining rasmiy nashri hisoblanadi. Gazetaning ustav fondi 338 million so‘m bo‘lib, davlat egaligi ulushi 100 foizni tashkil qilgan.
Mazkur nashr sotuvi elektron auksionlar orqali amalga oshirilishi aytilgan.